Yoshlar bandligini taʼminlash yangi bosqichda
Andijon viloyatida yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va barqaror daromad manbaiga ega qilishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga chiqdi. Viloyatdagi 851 ming 800 nafar yigit-qizlar orasida ishsizlarni aniqlash maqsadida mahallalar kesimida xatlov oʻtkazilib, 24 ming 402 nafar ishsiz yoshlar roʻyxatga olindi va ularning barchasi uchun alohida bandlik rejalari ishlab chiqildi.

— Olib borilgan chora-tadbirlar samarasida 2025-yil yakuniga qadar 24 ming 402 nafar ishsiz yoshning bandligi taʼminlandi, — deydi Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi Akmaljon Tangriqulov. — Shuningdek, 30-iyun kuni Prezidentimiz bilan oʻtkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar asosida mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlar qayta oʻrganilib, ularni ish bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrildi.

Shuningdek, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali 968 nafar yoshning tadbirkorlik tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi va 1 ming 421 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring