Yoshartiruvchi beshta mahsulot nomi maʼlum boʻldi

13:05 07 Sentyabr 2020 Dunyo
4377 0

Rossiyalik olim Mixail Ginzburg yoshlikni uzaytiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari haqida maʼlumot berdi.

Ginzburgning taʼkidlashicha, ratsionimizda albatta KOʻK CHOY boʻlishi lozim. Ushbu mahsulot qarish jarayonini sekinlashtirish, organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Shu boisdan kuniga ikki-uch finjondan koʻk choy ichish tavsiya qilinadi.

Yoshartiruvchi mahsulotlar roʻyxatiga shuningdek, zaytun yogʻi, zigʻir urugʻi va baliq ham kiradi. Bu mahsulotlar foydali yogʻ kislotalariga boy boʻlib, qon-tomirlarda ateroskleroz rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi.

Bundan tashqari, achchiq shokolad (shakar qoʻshilmagan) ham yoshlikni uzaytirish xususiyatiga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?