Yosh diplomatlar bilan uchrashuv
Yoshlar kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh diplomatlar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Yoshlar kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirdagi nutqi jonli efirda namoyish etildi.
Yosh avlod vakillarining huquq va manfaatlarini taʼminlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yangilanishlarning ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Bu masala muntazam tarzda davlatimiz rahbarining diqqat markazida boʻlib, aynan yoshlar “Uchinchi Renessans” va Yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlari ekanligi nutqda ham alohida taʼkidlandi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimida mehnat qilayotgan yosh kadrlar soni barqaror oʻsib, ular mamlakatimiz manfaatlarini jahon maydonida samarali ilgari surish, xorijiy sheriklar bilan jadal hamkorlikni amalga oshirish, chet eldagi Oʻzbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish boʻyicha Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni sifatli amalga oshirishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov vazirlikda yosh avlod vakillarining intellektual, maʼnaviy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha ishlar izchil davom ettirilishini maʼlum qildi. Shu bilan birga, TIV rahbari yosh mutaxassislarni doimiy ravishda oʻz ustida ishlash, bilim, tajriba va malakalarini orttirishga intilish, innovatsion ish usullarini joriy etishga chorladi.
Uchrashuv doirasida TIV Markaziy apparati va uning tasarrufidagi tashkilotlar, Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida faoliyat yuritayotgan qator yosh diplomatlarni oʻz xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli va vijdonan bajargani, jamoatchilik hayotida faol ishtirok etgani uchun taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring