Yangi milliy turizm brendi yaratiladi
Foto: inbusiness.kz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Oʻzbekistonning turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilish, sayohat va dam olish uchun xavfsiz mamlakat sifatidagi imijini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi milliy turizm brendi (tanitish belgisi) yaratiladi.
Qayd etilishicha, turizm qoʻmitasi 2024-yil 1-oktyabrgacha yangi milliy turizm brendini yaratish uchun tanlov oʻtkazadi. Shuningdek, 2024-yil Xalqaro turizm kuni doirasida birinchi global sayyohlik media-kampusini tashkil qilinishi, 2024–2025-yillarda auditoriyasi 10 milliondan ortiq boʻlgan 50 nafargacha xorijiy jurnalist, bloger, vloger va inflyuenserlarni jalb qilinishi ham ushbu farmonga muvofiq amalga oshiriladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan kamida 100 nafar xorijiy ishtirokchisi boʻlgan 3 kundan kam boʻlmagan biznes tadbirlarni Oʻzbekiston hududida tashkil qilgan tadbirkorlar 2028-yil 1-yanvargacha ushbu biznes tadbirlarni tashkil qilishdan olingan daromaddan olingan foyda soligʻini ushbu soliq boʻyicha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring