Yangi kitob taqdimoti
Keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilgan beqiyos islohotlar natijasida mamlakatimizda hayratlanarli oʻzgarishlar yuz berdi. Iqtisodiyot sezilarli darajada oʻsdi. Ulkan bunyodkorliklar shaharu qishloqlarimiz koʻrkiga koʻrk qoʻshdi. Eng muhimi, inson qadr topdi.
Oliy Majlis Senati aʼzosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Abdusaid Koʻchimovning “Yuksalish simfoniyasi” nomli kitobida ana shu tarixiy yangilanishlar oʻziga xos tarzda yoritilgan.
Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da oʻtkazilgan mazkur kitob taqdimotida bu alohida taʼkidlandi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar asarning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati haqida fikr yuritar ekan, u Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Yangi Oʻzbekiston gʻoyasi asosida olib borilayotgan ishlarning badiiy-publitsistik ifodasi boʻlganini eʼtirof etdi.
Kitobda Vatanimizning barcha hududlari qamrab olingani, xususan, Sirdaryoda soʻnggi yillarda roʻy bergan yangilanishlar, bunyodkorliklar, aholi turmush sifati yuksalayotgani qalamga olingani qayd qilindi.
Ahmadali SHERNAZAROV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring