Yangi arxitektura yodgorligi aniqlandi
Baʼzan qarshimizda turgan inshootni tomosha qilamizu, uning tarixi bilan qiziqmaymiz. Izboskan tumanidagi “Choʻrtanliq” MFY Xayriobod koʻchasida joylashgan qabriston yonidagi eski masjid binosi bunga misoldir. U odamlar eʼtiboridan shu qadar chetda qoldiki, natijada eʼtibortalab holatga kelib qoldi.

- Viloyat Madaniy meros boshqarmasi qoshidagi “Andijon restavratsiya maktabi” tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida ushbu masjid XVIII-XIX asrlarga oid ekanligi maʼlum boʻldi,-deydi boshqarma boʻlim boshligʻi Alimardon Asqarov. -Binoga oid qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan Andijon davlat universitetining tarix kafedrasi oʻqituvchilari izlanish olib bormoqdalar.

Aytish joiz, shu yilning soʻnggi ikki oyining oʻzida viloyatda 20 ta yangi moddiy madaniy meros obyektlari aniqlandi va ularning soni 422 taga yetdi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring