VIP sektor 150 ming, darvozalar orti 50 ming

10:28 08 Mart 2026 Sport
743 0

Oʻzbekiston Superkubogi uchun chiptalar narxi eʼlon qilindi. Bu haqda Professional futbol ligasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Unga koʻra, Fargʻonalik muxlislarga 1-15 sektorlar uchun chiptalar xarid qilish, toshkentlik muxlislarga esa 19-32 (1A) sektorlarga eʼtibor qaratish tavsiya etiladi. 16-18 sektorlar uchun chiptalar, shuningdek, klublarning taklifidan kelib chiqib, ular uchun ajratilgan boshqa ayrim sektorlar uchun chiptalar “Bobur arena” kassalarida sotilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu bahs uchun chiptalar 50 ming soʻmdan 150 ming soʻmgacha boʻladi.

Aytish joiz, Oʻzbekiston Superkubogi uchun tashkil etiluvchi “Neftchi“ — “Paxtakor“ oʻyini 15-mart kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?