Vinisius faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
“Real Madrid” futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Ammo “Al-Ahli” klubi ham Juniordan voz kechgani yoʻq. Jamoa futbolchi uchun 1 milliard yevrolik shartnoma taklif qilmoqda”, deb yozmoqda Jeykobs oʻzining X tarmogʻidagi sahifasida.
Vinisius koʻp bor “Real Madrid”ga sodiq ekanini aytgan. Ammo klubda boʻlib oʻtgan soʻnggi voqealar fonida Junior jamoani tark etishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Vinisiusning “Real Madrid” bilan shartnomasi 2027-yil yozida oʻz yakuniga yetadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring