Vengriyada Alisher Navoiy byusti oʻrnatildi
Foto: Madaniyat vazirligi
Oʻzbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi koʻmagida Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti oʻrnatildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur byust Vengriya-Oʻzbekiston diplomatik aloqalari tarixida Oʻzbekistonga bagʻishlab Vengriyada ochilgan birinchi madaniy yodgorlik hisoblanadi. Ushbu loyiha vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan amalga oshirilgan.
Ochilish marosimida Vengriya davlat parlamenti spikeri oʻrinbosari Shandor Lejak, Oʻzbekiston madaniyat vaziri birinchi oʻrinbosari Avazxon Tojixonov, Vengriyadagi elchi Oybek Shaxavdinov, Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim va boshqa madaniyat hamda sanʼat vakillari ishtirok etgan. Ular Navoiy byusti poyiga gulchambarlar qoʻygan.
Shandor Lejak oʻz nutqida ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va qoʻllovi bilan hozirgi vaqtda Vengriyaning turkiy dunyo mamlakatlari, jumladan Oʻzbekiston bilan asriy rishtalari qayta tiklanayotganini yuqori baholadi.
Maʼlumot uchun, Navoiy haykali Moskva, Dushanbe, Ostona, Tokio, Minsk, Shanxay, Seul, Boku va Anqara shaharlarida oʻrnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring