UzAuto Motors navbatdagi aksiyani eʼlon qildi
UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga karantin davrida avtomobil xaridida qulaylik yaratish maqsadida navbatdagi aksiyani eʼlon qildi.
"Sizda quyida koʻrsatilgan modeldagi avtomobillarning 70 % mablagʻi bormi? Unda siz ushbu mablagʻni toʻlab, qolgan summani foizsiz koʻrsatilgan muddatlarda boʻlib toʻlashingiz mumkin:
-Spark 3-poz AT (12 oy)
-Nexia 4-pozitsiya AT (12 oy)
-Lacetti 1-Poz MT/Comfort Plus (18 oy)
-Lacetti 3-poz Elegant Plus(18 oy)
-Lacetti 1-Pozitsiya GBU va GBU Plus (18 oy)
Bundan tashqari, ushbu modeldagi avtomobillarning 60 % toʻlovini amalga oshirib, qolgan summani koʻrsatilgan muddatlarda yillik 12 % ustama bilan toʻlashingiz mumkin.
Diqqat‼️ Shuningdek Sizda Trailblazer avtomobilining 50 % dastlabki toʻlovini amalga oshirib, qolgan summasini 24 oy davomida yillik 12 % ustama bilan toʻlash yoxud 60 % dastlabki toʻlovini toʻlab, qolgan summasini 24 oy davomida foizsiz 0 % boʻlib toʻlash imkoniyati ham mavjud.
Eslatib oʻtamiz, karantin davrida siz xaridni rasmiy dilerlarga qoʻngʻiroq (http://uzautomotors.com/price/diler_call_markazi) qilgan holda amalga oshirishingiz mumkin", - deyiladi kompaniya xabarida.
Taʼkidlanishicha, diler tomonidan xaridorlarning uydan chiqmasdan xarid amalga oshirishlari uchun barcha imkoniyat yaratiladi.
Aksiya 2020-yilning 24-aprelidan 10-maygacha davom etadi.
Batafsil maʼlumotni +998 78 141 7777 raqamlar orqali kompaniyaning Call-markazidan olish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring