Ustyurtdagi quduqdan katta bosimda navbatdagi gaz oqimi olindi
Videodan kadr
Ustyurt hududida tabiiy gaz qazib olish va zaxiralarni koʻpaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan geologik-texnik tadbirlar davomida katta bosimda navbatdagi gaz oqimi olindi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hududda olib borilgan chora tadbirlar natijasida kecha, 12-mart kuni Gʻarbiy Quyi Surgil koniga qarashli 17-son baholash ishlatish qudugʻidan katta bosimda sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olingan. Quduq 4750 metrgacha muvaffaqiyatli burgʻilangan.
Yer osti qatlamlarida bir qator geologik qiyinchiliklarga qaramay quduq malakali mutaxassislar tomonidan burgʻilanib, konlarni ishlatish boʻyicha mutaxassislarning geologik-geofizik maʼlumotlari tahlili asosida 4597-4750 metr chuqurlikdagi istiqbolli qatlamlardan gaz oqimi olingan.
Qayd etilishicha, hozirda quduqdagi yangi mahsuldor qatlamlardan olinayotgan tabiiy gazni isteʼmolchilarga yetkazib berish maqsadida hozirda yer usti sanoat maydonlarini texnologik jihozlash, gaz uzatish quvurlari va tarmoqlarni qurish hamda quduqni ishga tushirish boʻyicha yakuniy bosqichdagi gidrodinamik tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
“Tez kunlarda tabiiy gaz isteʼmolchilarga yetkazish maqsadida gaz infrastrukturasiga ulanadi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring