Ukrainadan 5037 nafar vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: avianews.com
8-9 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shu jumladan 62 nafar ayol, 28 nafar voyaga yetmagan shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov axborot berdi.
Unga koʻra, 28-fevraldan 9-martga qadar 22 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush boʻlayotgan joylardan 5 037 nafar vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Ukrainadan “Karchova” nazorat-oʻtish punktiga kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining sonini kamayishi kuzatilmoqda.
Bugun, 9-mart kuni yana bitta reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mamlakatimizning Ukrainadagi Elchixonasi tomonidan Sumi shahridan 23 nafar oʻzbekistonlik talaba xalqaro gumanitar tashkilotlar shafeligida evakuatsiya qilindi.
Ukrainaning turli joylaridan fuqarolarni evakuatsiya qilish boʻyicha ishlar davom etayotir. Bunda asosiy eʼtibor urush harakatlari kuzatilayotgan chekka hududlarda qolib ketgan hamyurtlarimizni olib chiqishga qaratilmoqda.
Oʻzbekistonlik diplomatlar Moldova Respublikasida boʻlib, ushbu mamlakatdan vatandoshlarimizni evakuatsiya qilish masalasini ishlab chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring