“Uchar taksilar” endi moʻjiza emas
Foto: FOTODOM
“Uber” oʻz ilovasi orqali Dubayda havo taksisiga buyurtma berish imkoniyatini eʼlon qildi. Bu haqda kompaniya veb-saytida maʼlum qilindi.
Havo taksisini yoʻlga qoʻyish uchun “Uber” Dubayda ushbu xizmatni ishga tushirishni rejalashtirayotgan “Joby Aviation” kompaniyasi bilan hamkorlik qildi.
Taksilar toʻrttagacha yoʻlovchini sigʻdira oladi va tijorat uchuvchilari tomonidan boshqariladi. Buning uchun Dubayda toʻrtta qoʻnish maydonchasini tashkil etish rejalashtirilgan. Ular shahardagi xalqaro aeroport, savdo markazi, “Palm Jumeirah” orolidagi mehmonxona va Dubay Amerika universitetida joylashtiradi.
“Uber” va “Joby Aviation” kelajakda Nyu-York, Los-Anjeles, Buyuk Britaniya va Yaponiyada havo taksi xizmatlarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, AQSH shaharlarida ushbu rejani amalga oshirish uchun kompaniyalar sertifikat olishlari va AQSH Federal aviatsiya maʼmuriyatida sinovdan oʻtishlari kerak.
Avvalroq, Yaponiyaning “SkyDrive” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan uchar avtomobilning birinchi sinov parvozi Tokioda boʻlib oʻtgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring