Turkmaniston Milliy xavfsizlik rahbari ham oʻzgardi
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuxamedov Milliy xavfsizlik vaziri general-mayor Nazar Atagarayevni boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod qildi. Bu qaror Davlat xavfsizlik kengashi yigʻilishida qabul qilingani haqida TDH axborot agentligi xabar berdi.
Milliy xavfsizlik vazirligining yangi rahbari etib general-mayor Dovletgeldi Meredov tayinlangan. Maʼlum qilinishicha, u xalq, vatani va prezidentiga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod keltirgan.
Berdimuxamedov yangi tayinlangan vazirga ishida muvaffaqiyat tilab, vazirlik faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirish yuzasidan qator topshiriqlar bergan.
Sobiq vazir Nazar Atagarayevning yangi lavozimi haqida maʼlumot berilmagan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 10-fevral kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning farmoni bilan Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyevning vakolatlari muddatidan oldin tugatilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring