Turkiya yaqinida Eron ballistik raketasi yoʻq qilindi
Videodan kadr
Turkiya havo hududi yaqinida Erondan uchirilgani deb taxmin qilinayotgan ballistik raketa yoʻq qilindi. Bu haqda Turkiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Iroq hamda Suriya havo hududidan oʻtib, Turkiya tomon yoʻnalgan ballistik raketa NATOning Sharqiy Oʻrta yer dengizida joylashgan havo va raketaga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan Turkiya havo hududiga kirmasidan oldin, havoda yoʻq qilingan.
Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jabrlanganlar yoʻq. Hatay viloyatining Doʻrtyoʻl tumaniga tushgan parchalar esa havo mudofaa tizimiga tegishli ekani aniqlangan. Taʼkidlanishicha, hodisa oqibatida qurbonlar yoki jabrlanganlar yoʻq.

Vazirlik Turkiya hududi va fuqarolari xavfsizligini taʼminlash borasida iroda va imkoniyatlar eng yuqori darajada ekanini taʼkidlab, mamlakat yerlari va havo hududini himoya qilishga qaratilgan barcha choralar qatʼiy amalga oshirilishini maʼlum qildi. Shuningdek, har qanday keskin harakatga nisbatan javob qaytarish huquqi saqlanib qolishi eslatilgan.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot oʻtkazib, mazkur holat yuzasidan Anqara pozitsiyasini yetkazdi hamda mojaroni kengaytiruvchi qadamlardan tiyilish zarurligini bildirgan.
Prezident administratsiyasi kommunikatsiyalar rahbari Burhonettin Duran ham jarayon barcha idoralar tomonidan muvofiqlashtirilgan holda kuzatilganini maʼlum qilgan. Rasmiylar tomonlarni keskinlikni oshiruvchi harakatlardan voz kechishga chaqirmoqda. Shuningdek, NATO hamda ittifoqchilar bilan maslahatlashuvlar davom ettirilayotgani taʼkidlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring