Tramp vaʼdasi: AQSHga kirish uchun qonuniy boʻlgan dasturlardan biri yopildi

Donald Tramp prezidentlikka kirishish uchun qilgan qasamyodidan soʻng darhol mehnat muhojirlariga AQSHga qonuniy yoʻl bilan kirish va ishlash uchun ruxsatnoma olish imkonini beruvchi “CBP One” chegara oʻtish dasturini yopishni buyurdi. Bunga qadar ilovadan million kishi foydalangan.
20-yanvar, dushanba kuni Qoʻshma shtatlar Bojxona va chegara xizmati veb-saytida ilova foydalanuvchilariga uning endi ishlamayotgani va sakkizta nazorat-oʻtkazish punktida kirish uchun barcha roʻyxatga olishlar bekor qilingani toʻgʻrisida xabar qilindi.
“Men janubiy chegaramizda favqulodda holat eʼlon qilaman. Har qanday noqonuniy chegarani kesib oʻtish darhol toʻxtatiladi va biz millionlab xorijlik jinoyatchilarni oʻz mamlakatlariga qaytarishni boshlaymiz”, degan Donald Tramp.
Ilovaning yopilishi muhojirlarni hayratda qoldirdi. Tramp Amerika Qoʻshma Shtatlarga migratsiyani cheklash uchun yanada koʻproq choralar koʻrishni rejalashtirmoqda. Ular orasida “mamlakatga halokatli bosqinni qaytarish” uchun janubiy chegaraga askarlar joʻnatish ham bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring