Tramp: Gʻazodagi mojaro ikki-uch haftada hal boʻlishi mumkin
AQSH prezidenti Donald Trampning taʼkidlashicha, Gʻazo sektoridagi mojaro ikki-uch hafta ichida toʻliq barham topishi mumkin. Bu haqda TASS xabar qildi.
“Menimcha, kelasi ikki-uch hafta ichida yaxshi va yakuniy yechimga yetamiz. Bu haqda gapirish oson emas, chunki ular ming yillardan beri urishib keladi, doimiy tarzda kelishmovchilik oʻchogʻi boʻlib qolgan”, — dedi Tramp Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon bilan Oq uydagi uchrashuv boshida jurnalistlar savollariga javob berib.
Eslatib oʻtamiz, 8-avgust kuni Isroil harbiy-siyosiy kabineti Gʻazo shahrini toʻliq nazoratga olish va operatsiyani kengaytirish rejasini maʼqullagan edi. 20-avgust kuni mudofaa vaziri Isroil Kas ushbu qarorni tasdiqladi.
Shu bilan birga, Donald Tramp “HAMAS” harakatini imkoniyat boricha tezroq yoʻq qilishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring