Toshkentda yana bir muz saroyi quriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida muz sporti hamda zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari majmuasini qurish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama etilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Loyihaga koʻra, poytaxtimizning Shayxontohur tumani Beruniy shoh koʻchasida 2020-yil 1-sentyabrga qadar qishki sport turlari (figurali uchish, short-trek, kyorling va boshqa) boʻyicha musobaqalar oʻtkazish, koʻrgazmalar hamda forumlar tashkil etishga moʻljallangan zamonaviy muz saroyi tashkil qilinadi. Shuningdek, unga tutash hududda 2021-yilning 1-iyuligacha zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish, taʼlim muassasalari obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.
Ushbu qaror loyihasi bilan https://regulation.gov.uz/oz/document/14414da batafsil tanishishingiz hamda oʻz taklif va mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.
Muhokama 18-martga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Toshkentda “zaklatchik”larni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring