Toshkentda “Lacetti” va “Matiz” ishtirokidagi YTHda bir kishi halok boʻldi

17:58 15 Mart 2026 Jamiyat
455 0

Illyustrativ foto

Toshkent shahri Olmazor tumanida inson oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisasi sodir sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 15-mart kuni soat 05:00 larda Olmazor tumani Sebzor-Nurafshon koʻchalari chorrahasida “Lacetti” hamda “Matiz” rusumli transport vositalari toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida “Matiz” transport vositasining haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?