Toshkentda kino sanʼatiga ixtisoslashgan maktab ochiladi
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan kino haftalikning toʻrtinchi kuni “Kino – tarbiyaning zamini” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston xalq artisti, professor Munojot Yoʻlchiyeva, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori Xushnud Nazarov, Oʻzbekiston xalq artisti, professor Turgʻun Azizov, Sanʼatshunoslik fanlari doktori, kinoshunos Nigora Karimova, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, kinoshunos Oybek Kopadze va boshqa shu kabi mutaxassislar ishtirok etishdi.
Davra suhbatida kino taʼlimini yana-da rivojlantirish, umumtaʼlim maktablariga professional kinoijodkorlar nomini berish, Toshkent shahrida kino sanʼatiga ixtisoslashgan zamonaviy maktab qurish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring