Toshkentda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi
Tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Yashnobod tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha mahalla fuqarolar yigʻinlaridan biridagi yordamchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda oʻzganing 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Aniqlanishicha, hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning koʻp qavatli uyning 1-qavatidagi turar joy xonadonini noturar joy toifasiga oʻtkazishga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsat olib berish va tegishli hujjatlarini rasmiylashtirishda koʻmaklashish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davom ettirilganda, hokim yordamchisi fuqaroning ishini Yashnobod tuman hokimiyati boʻlinma rahbari koʻmagida hal qilishi kerakligi maʼlum boʻlib, ushbu mansabdor shaxs 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, «qamoq« ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring