Toshkentda ham qalbaki pullar muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi
Videodan kadr
Toshkent shahrida qalbaki valyutalarning muomalaga kiritilishiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Namangan viloyatining Chust tumanida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan shaxs poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldab, qalbaki boʻlgan 100 AQSH dollari kupyurali 10 ming AQSH dollari, 100 ming soʻm kupyurali 10 million soʻm va 50 ming soʻm kupyurali 5 million soʻm pullarni haqiqiy 5 500 AQSH dollariga sotishini aytgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan poytaxt hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u pul vositasi hisoblanmaydigan kupyuralarni 5 500 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Navoiy shahrida qariyb 20 ming dollar qalbaki pullarni sotmoqchi boʻlganlar ushlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring