Toshkentda FVB xodimi 1,5 ming dollar pora bilan ushlandi

19:13 13 Mart 2026 Jamiyat
473 0

Foto: DXX

Toshkent shahri Yangihayot tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi kichik inspektori 1,5 ming dollar pora bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Yangihayot tumani FVB kichik inspektori oʻz xizmat mavqeini suiisteʼmol qilib, mahalliy MCHJ rahbaridan 1,5 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu mansabdor shaxs hamkasblari orqali, MChJ tomonidan mazkur tumanda faoliyat yurituvchi korxona hududiga oʻrnatilgan yongʻin xavfsizligi jihozlarini qabul qilish boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirib berish evaziga pul talab qilgan.

Holat yuzasidan FVB xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер