Toshkentda 29-mart kuni “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan joriy yilning 29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan joriy yilning 29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.
“Avtomobilsiz kun”ni oʻtkazishdan asosiy maqsad sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.
Ekologiya vazirligi barchani “Avtomobilsiz kun”ga befarq boʻlmaslikka, shaxsiy avtomobillar oʻrniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring