Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111ta korrupsion xatar aniqlangan
Bu haqda bugun AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Markaziy bank hamda Moliya vazirligida “yoʻl xaritalari” ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar qoniqarsiz tashkil etilgani aniqlangan.
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklarida korrupsiyaga qarshi «komplayens nazorat» tizimi joriy etilmagan.
Toshkent viloyati hokimligi faoliyatida 111 ta korrupsion xatar aniqlangan, shundan 96 tasi (86 foiz) yuqori, 14 tasi (13 foiz) oʻrta va 1 tasi past darajadagi korrupsion xatar. Jumladan, qurilish sohasida davlat buyurtmasini tanlov asosida joylashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish funksiyasi, hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, yerlarni tanlash, ajratish va xususiylashtirish, investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish va majburiyatlarni bajarilishini nazorat qilish, davlat mulkini xususiylashtirish, eksport dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda kadrlar zaxirasini shakllantirish, kadrlarni tanlash va ishga joylashtirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring