Toshkent shahrining barcha mahallalarida qulupnay savdosini tashkil etishga ruxsat beriladi

19:10 19 Aprel 2020 Jamiyat
1883 0

Bugun ayni bahoriy neʼmatlar yetilayotgan payt. Ertaki kartoshka, pomidor, bodring, sarimsoq piyoz, koʻkatlar qatori gavhar rang rezavor — qulupnay ham pishdi. Ilik uzuldidan keyin bunday vitaminga boy neʼmatlar nafaqat belga, yurakka kuch-quvvat baxsh etadi, balki barchamizning kayfiyatimizni koʻtaradi, salomatligimizni mustahkamlaydi. Ayniqsa, bugungi sinovli va ogʻir kunlarda Yaratganning ushbu inoyatlarining qadriga yetish, buning uchun beadad shukronalar keltirish har qachongidan ham ibratlidir.

Toshkent shahar hokimligi ham mana shu ezgu niyat roʻyobiga kamarbasta boʻlmoqda. Gap shundaki, bosh kentimizning barcha mahallarida qulupnay savdosini tashkil qilishga ruxsat beriladi.

Poytaxtimizga qulupnay olib kiruvchilar va ularning transport vositalariga sharoit yaratiladi.
Bu xalqimizning duosiga munosib saʼy-harakatlar har qanday vaziyatda va hamisha bardavom ekanligini anglatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер