Toʻqson nafar bitiruvchining barchasi – talaba

15:48 16 Sentyabr 2025 Jamiyat
73 0

Yurtimizda yoshlar taʼlim va tarbiyasi doimo eʼtibor markazida boʻlib kelmoqda. Avvallari barcha oʻqituvchilar oʻtgan dars soatlariga munosib ravishda bir xil miqdorda maosh olishar, oʻqituvchini oʻz ustida ishlash, izlanishiga ruhlantiradigan tizim yoʻq edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻqituvchilarning ishiga ularning bilimi, faoliyat natijadorligidan kelib chiqib maosh toʻlashning aniq va adolatli tizimi yoʻlga qoʻyilishi sohada yangilanishlarni boshlab berdi.

Birgina oʻzim rahbarlik qilayotgan Gʻuzor tumanidagi 68-umumiy oʻrta taʼlim maktabi misolida olsak, bugungi kunda maktabimizda 700 nafardan oshiq oʻquvchiga 53 nafar pedagog taʼlim berib kelmoqda. Ularning 26 nafari oliy toifali, 5 nafari 1-toifali ustozlar hisoblanadi. Koʻplab ustozlarimiz oʻz mutaxassisliklari boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega. Oʻz ustida ishlashi, izlanishi, bilim olishdan toʻxtamasligi evaziga 10 million soʻmdan oshiq maosh olayotgan oʻqituvchilarimiz koʻp. Bu boshqalarni ham shunga ruhlantirmoqda. Ustozlarimizning oʻz ishidan moddiy manfaatdorligi ortishi, darsga, ishga munosabati oʻzgarishi oʻquvchilarimiz erishayotgan yutuqlarida aks etyapti. Oʻtgan oʻquv yilida 98 nafar bitiruvchimizning 85 nafari umumiy hisobda 162 ta xorijiy va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi. Sakson toʻrt nafar bitiruvchi yurtimizdagi eng nufuzli davlat universitetlarining, 6 nafari xorijiy universitetlarning talabasiga aylanishdi. Mamlakatimiz va xorijda boʻlib oʻtayotgan turli tanlovlar, fan olimpiadalarida ishtirok etib, nufuzli oʻrinlarni qoʻlga kiritayotgan oʻquvchilarimiz soni yildan-yilga oshib boryapti.

Albatta, bularning hech biri bejiz emas. Chunki bugun oʻquvchisi maʼlum bir yutuqqa erishgan oʻqituvchining mehnati izsiz ketmayapti. U buning uchun munosib ragʻbatlantirilmoqda. Natijada oʻqituvchilarimizda kerak boʻlsa darsdan keyin ham qolib oʻquvchilari bilan ishlash, natija koʻrsatishga boʻlgan ishtiyoq paydo boʻldi. Bugun Prezidentimiz tomonidan oʻqituvchilar oldiga qoʻyilayotgan talab, yaratib berilayotgan shart-sharoit, moddiy va maʼnaviy qoʻllovlar bizni shunga ruhlantirmoqda.

Ashur TILOVOV,

Gʻuzor tumanidagi

68-maktab direktori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер