Tomorqa – daromad manbai
Butun dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonida iqtisodiy inqiroz asoratlari davom etib, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi dolzarb boʻlib bormoqda. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida aholining sabzavot va poliz mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻlaqonli taʼminlash, yerdan samarali foydalanish orqali koʻproq mahsulot yetishtirish tizimini yaratish eng ustuvor masalalardan biridir. BMT xalqaro tashkiloti ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash boʻyicha yondashuvni mutlaqo oʻzgartirish vaqti kelganini taʼkidlayapti.
Shu maʼnoda pandemiya tufayli yurtimizda eʼlon qilingan qatiy karantin vaqtida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan birlamchi talabini qondirish, ichki bozorda narx-navo oshib ketmasligi koʻp jihatdan tomorqalardan qanchalik oqilona foydalanishimiz, kichik boʻlsa-da, tadbirkorlik bilan shugʻullanishimizga bogʻliq.
Ayni shu kunlarda koʻpchilik fuqarolarimiz vaqtini asosan oila davrasida oʻtkazyapti. Bu karantin qoidalariga rioya qilish bilan birga, xonadonidagi mavjud tomorqada ishlash uchun ham yaxshi imkoniyat. Agar har bir xonadonda roʻzgʻor uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirilsa, avvalo, kelgusida bu mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish, bozorlarda narx-navoning asossiz ravishda oshib ketishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi.
Xalqimiz azaldan dehqonchilikda, bogʻ yaratish ishlarida namuna boʻlib kelgan. Bugungi kunda koʻpchilik oʻz tomorqasidan samarali foydalanib, bir yilda 3-martagacha hosil olayotganlari ham oramizda koʻplab topiladi. Aytaylik, bu borada qiziltepaliklarda ham katta tajriba toʻplangan. Tumanda 28 ming 304 nafar tomorqa yer egalari tomonidan 2333 gektar yer maydonida bahorgi ekin ishlari yakuniga yetmoqda. Tumanda 1,5 ming gektar maydonda toʻqsonbosti usulda sabzavot ekinlari yetishtirilayapti. Hozirda ana shu yerlardan xalqimiz oqilona foydalanyapti, deya olmaymiz. Unga bitta bahona suv kamligi, “ekkan ekinlarimiz saratonda suv yetishmasligidan qurib qoladi” deya roʻkach qilinishi tabiiy. Shu maqsadda bu yil aholi talablaridan kelib chiqib 400 ta quduq qazilib, nasoslar oʻrnatilib beriladi.
Aslida tomorqa rizq-roʻz, qoʻshimcha daromad manbai, bandlikni, arzonchilikni taʼminlashning samarali yoʻli ekanligini unutmasligimiz lozim. Muhimi, bir joyda toʻxtab qolmaslik.
Ulugʻbek FAYZIYEV, Oliy Majlis Senati aʼzosi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring