Oʻzbekiston Qirgʻizistondan 17 mln dollarlik elektr energiyasini sotib oldi

Oʻzbekiston 17 million dollar evaziga Qirgʻizistondan salkam 400 million kilovatt-soat elektr energiyasini import qildi. Bu haqda Qirgʻiziston Sanoat, energetika va qazilma boyliklardan foydalanish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Aytmamat Kadirbayev iqtisod tarmoqlari va aholining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi boʻyicha yigʻilishda maʼlum qildi.
Uning qayd etishicha, Oʻzbekiston Qirgʻizistondan 2 sent bahosida 399 million kilovatt-soat elektr energiyasi sotib olgan.
Hozirgacha 17 million dollarlik elektr energiya eksport qilingan. Oʻtgan yili Qirgʻiziston 754 million kilovatt-soat elektr energiya eksport qilishni rejalashtirgan edi, lekin amalda koʻproq — 765 million kilovatt-soat elektr energiya eksport qilingan.
“2018 yilning bahorgi va yozgi davrida Oʻzbekistonga 467 million kilovatt-soat elektr energiya eksport qilindi. Bizning hisob-kitoblarimiz boʻyicha 500 million kilovatt-soat eksport qilish rejalashtirilgan edi, biroq 467 million kilovatt-soatga yetganidan soʻng, eksport toʻxtatildi”, — degan Kadirbayev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring