TikTok Rossiyadagi faoliyatini toʻxtatdi

14:15 07 Mart 2022 Dunyo
1707 0

Foto: Lenta.ru

Xitoyning TikTok ijtimoiy tarmogʻi Rossiyadagi faoliyatini toʻxtatayotganini maʼlum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Kompaniya Rossiya hududida ijtimoiy tarmoqda yangi kontent tarqatishni va jonli efirlarni oʻtkazishga vaqtincha taqiq qoʻyilganini bildirdi. Tashkilot bu cheklovni Rossiyaning jahon hamjamiyatidagi xalqaro huquqni buzishga oid harakatlariga nisbatan javob sifatida izohladi.

“Bizning eng muhim vazifamiz xodimlarimiz va foydalanuvchilarimiz xavfsizligi hisoblanadi. Shuningdek, Rossiyadagi hozirgi vaziyat va ushbu mamlakatda tarqalayotgan soxta yangiliklarning miqdori oshib borayotgani nuqtayi nazaridan, bu mamlakat hududida jonli efirni va tarmogʻimizga yangi kontent joylashtirishni toʻxtatib qoʻyishdan boshqa ilojimiz yoʻq. Ammo bu cheklov boshqa davlatlardagi xizmatlarimiz sifatiga taʼsir qilmaydi”, — deya vaziyatga izoh berdi tashkilot rasmiylari.

Avvalroq, 4-mart kuni Rossiyada Facebook ijtimoiy tarmogʻi bloklangan edi. Shundan soʻng Donbassni himoya qilish boʻyicha maxsus operatsiya oʻtkazilayotgani haqidagi ishonchsiz materiallar tarqalgani sababli mamlakat hududida Twitterʼga kirish ham cheklangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?