Tejamkor vositalar afzalliklari
Tabiiy gaz taʼminotida tejamkor vositalardan foydalanish orqali elektr energiyasini ham, tabiiy gazni ham sezilarli miqdorda iqtisod qilish mumkin. Bu haqida “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali tomonidan tashkil etilgan amaliy oʻquv seminarida maʼlum qilindi.

-Zamonaviy energiya tejamkor yondirgich va boshqaruv uskunalari gaz bosimidagi oʻzgarishlar yoki uzilishlar vaqtida avtomatik tarzda ishdan chiqib, xavfli holatlarning oldini oladi, -deydi “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali bosh muhandisi Xurshidbek Qodirov. -Shuningdek, bunday vositalar isitish jarayonini aniq boshqarish, ortiqcha sarfning oldini olish va aholi xonadonlarida qulaylikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Mutaxassislar taʼkidlashlaricha, bu kabi vositalarni amaliyotga joriy etish orqali gaz isitish sarfini oʻrtacha 11–14 foizga kamaytirish mumkin. Agar bir oila yil davomida 1000 kub metr tabiiy gaz sarflasa, bunday vosita yordamida 110–140 kub metr gazni iqtisod qilish imkoni paydo boʻladi. Shu bilan birga, elektr energiyasi isteʼmoli oyiga 300 kilovatt-soatni tashkil etgan taqdirda, sovitish va quvvatni boshqarish orqali 9–19 foizgacha, yaʼni 27–57 kilovatt-soat elektr energiyasini tejash mumkin. Seminar yakunida aholiga energiya resurslaridan xavfsiz va samarali foydalanish boʻyicha tushunchalar berildi hamda kuz-qish mavsumida barqaror taʼminotni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Saminjon HUSANOV. ”Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring