Tarixga qiziquvchilar uchun munosib tuhfa
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutida Markaziy Osiyo va Oʻzbekiston tarixiga oid yangi nashrlar taqdimotiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjuman Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, AQSH, Fransiya, Avstriya, Germaniya olimlari izlanishlari natijasida yaratilgan “Markaziy Osiyo oʻrta asrlar va yangi davrda: jamiyat, madaniyat va tarix” nomli teran ilmiy asar taqdimoti bilan boshlandi. Ushbu asar Tarix instituti hamda Avstriya Fanlar akademiyasi Eronshunoslik instituti ilmiy hamkorligida tayyorlangan boʻlib, unda turli tarixiy davrlar va muammolar bilan shugʻullanuvchi, qator ilmiy maktablarga mansub olimlarning mintaqamiz, xususan, mamlakatimiz tarixiga oid tadqiqotlarining eng soʻnggi natijalari mujassamlashgan maqolalari joy olgan.
Shuningdek, “Oʻzbekistonda tarix fani: muammolar va rivojlanish istiqbollari” asari yosh tadqiqotchilar va yetakchi tarixchi olimlarning tarix fanida oʻziga xos sarhisob vazifasini bajaruvchi tahliliy maqolalarini oʻz ichiga olgan.
Hozirgi paytda hududlarda tarixiy izlanishlarni kuchaytirish maqsadida “Samarqand”, “Xorazm”, “Qoʻqon” oʻqishlarini oʻtkazish tashkil etildi. Bugun jamoatchilik eʼtiboriga taqdim qilingan “Xorazm tarixi” asari yangi xulosalar va maʼlumotlarni mujassamlashtirgan maqolalar mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantirilgandir.
Qolaversa taqdimoti boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston tarixining oʻzak qarashlari: nazariya va farazlar” asari, “Turkistonga oid Rossiya tarixshunosligi: zamondoshlarning tarixiy qarashlari” kitobi ilmiy jamoatchilik, mutaxassislar, mintaqamiz tarixiga qiziquvchilar uchun munosib tuhfadir.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring