Talabalar ikki haftalik taʼtilga chiqarildi (batafsil)
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan chora-tadbirlar haqida maʼlum qildi.
Barcha OTMlar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 16-martdan eʼtiboran oʻqish toʻxtatilib, oʻquvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) taʼtilga chiqariladi, taʼlim muassasalarida karantin joriy qilinadi.
Toshkent shahrida joylashgan OTMlar talabalar turar joylari (TTJ)dan talabalar doimiy yashash joylariga yuboriladi va TTJlar 18-mart kuni, viloyatlarda joylashgan OTMlar TTJlari 17-mart kuni yopiladi.
Boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan oʻquvchi-talabalar avtobus, poyezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yoʻlga qoʻyiladi:
OʻzMU
vazirlik huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Toshkent tibbiyot akademiyasi TTJ va oʻquv binosi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti TTJ
Toshkent davlat pedagogik universiteti TTJ.
OTMlarda mavjud modullar professor-oʻqituvchilar tomonidan tegishli kontent bilan toʻldiriladi va taʼlim masofaviy shaklda amalga oshiriladi.
Vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) shtablar tuziladi va talabalarning taʼtilga chiqishi bilan bogʻliq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi.
Taʼlimning sirtqi shaklida tahsil olayotgan talabalar hamda malaka oshirish kurslariga jalb qilingan oʻqituvchilar uchun taʼlim onlayn shaklda tashkil qilinadi.
Har qanday ommaviy tadbirlar (konferensiyalar, Navroʻz bayrami va b.) oʻtkazish taqiqlanadi, OTM ilmiy kengashi yigʻilishi ixchamlashtirilgan tarkibda oʻtkaziladi, ixtisoslashgan kengashlar faoliyati bundan mustasno.
OTMlar va vazirlik oʻrtasida uzluksiz axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring