Tadqiqotchilarni kutayotgan sirli quduq

15:13 17 Mart 2026 Jamiyat
310 0

Samarqand viloyatining Nurobod tumani — qadimiy tarixiy meros va madaniy boyliklar bilan toʻla koʻhna zamin. Bu hudud turli asrlarda odamlar yashagan, savdo yoʻlaklari oʻtgan, turli din va madaniyatlar uzviy boʻlgan shaharlar orasida joylashgan. Samarqandning umumiy tarixi esa — dunyo boy tarixi bilan bogʻliq boʻlib, Afrosiyob kabi arxeologiya maydonlaridan 500-yil ilgari yashash izlari topilgan.

Pastdargʻomlik tarix fani boʻyicha mustaqil tadqiqotchi va oʻqituvchi Akmal Hamrayev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tarixiy obidalarni saqlash va atrofini koʻkamlashtirish tashabbusini boshladi. Bu ekologik va madaniy aksiya tarixiy qadamjolar, ziyoratgohlar atrofiga daraxtlar ekishni qamrab olib, turli hududlarida davom etmoqda.

– “Yashil makon” aksiyasi doirasida Nuroboddagi Xayron shayx qabristoni oʻrtasida tepalikda sirli chuqurlik, yaʼni quduq topildi, – deydi tadqiqotchi muallim A. Hamroyev. – Chuqurlik ichida yon tomonlarga ketadigan yoʻlaklar borligi bu joyning oddiy tabiiy inshoot emasligini koʻrsatadi. Bu topilma tabiiy paydo boʻlgan chuqurlik boʻlishi mumkin, lekin tarixiy jarayonlarda qurilgan inshoot boʻlishi ham ehtimol qilinmoqda.

“Xayron” arabchada “xayr” — ezgulik, yaxshilik maʼnosini anglatadi. Manbalarga koʻra, XIV asrda Madinadan Andijonga koʻchib kelgan Husayniy Sayyidzoda Abdulloh Madaniy Andijoniy kabi mashhur shaxslar bu mintaqada ijod qilgan va ular atrofida ziyoratgohlar paydo boʻlgan. Quduq ichidagi tomonlarga ketadigan yoʻlaklar baʼzi tarixchilar tomonidan sugʻorish, suv taʼminoti yoki yashirin yoʻlak sifatida xizmat qilgan boʻlishi mumkin. Oʻxshash tarixi obyektlar, masalan, Sarmishsoy gʻoridagi petrogliflar kabi arxeologiya topilmalari butun mintaqada qadimiy madaniyatning izlarini koʻrsatadi. Bunday arxeologik topilmalar — nafaqat tarixchilar uchun, balki aholi va turistlar uchun ham qiziqarli obyektlardir. Hozirgacha Nuroboddagi topilgan sirli quduq va ular atrofidagi boshqa topilmalar toʻliq ilmiy oʻrganilmagan. Ularning hammasi madaniy meros roʻyxatiga kiritilmagan. Koʻplab tepaliklarga nom berilmagan, muhofaza belgilari oʻrnatilmagan, obyektlar va topilmalarning aniq davri yoʻq. Buning ustiga hududlarda aholi tomonidan chorva mollarining boqilishi, noqonuniy qazishma ishlari olib borish holatlari ham kuzatilmoqda. Arxeolog-olimlar ushbu maskanlarda tadqiqot olib borsalar maqsadga muvofiq boʻlar edi. Bu nafaqat ziyorat turizmini rivojlantirish, balki aholining moddiy-maʼnaviy hayotini boyitishga ham xizmat qiladi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?