Tadbirkor ayollar uchun keng imkoniyat
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Navoiy viloyatida tadbirkorlikka qiziqqan ayollar va yoshlar uchun yangi biznes oʻquv markazi ish boshladi. U “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tashabbusi hamda Germaniyaning Xalqaro hamkorlik boʻyicha jamgʻarma kassalari fondi koʻmagida tashkil etildi.
— Endilikda ushbu markaz orqali viloyat xotin-qizlariga tadbirkorlik faoliyatini bozor talablaridan kelib chiqib yoʻlga qoʻyish, sarmoyani toʻgʻri sarflash, ish faoliyatini kengaytirish kabi muhim nazariy va amaliy koʻnikmalar oʻrgatib boriladi, — deydi viloyat hokimi oʻrinbosari Malika Mamadiyarova. — Mashgʻulotlarga xalqaro hamkorlarimiz bevosita jalb etiladi.
Markazning ochilish marosimida xalqaro hamkor tashkilot vakillari ham ishtirok etib, hududning investitsiyaviy jozibadorligi hamda biznesda bozor raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhimligi taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring