Tadbirkor ayollar kengashi tashkil etiladi
Foto: Illustrativ
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha muhim qaror qabul qilindi. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, mamlakatda “Tadbirkor ayollar” platformasi va bir qator dasturlar ishga tushiriladi.
Qarorga koʻra, yetakchi ishbilarmon ayollardan iborat “Tadbirkor ayollar kengashi” tashkil etiladi. Ushbu kengash ayollar biznesiga oid muammolarni oʻrganish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur qarorga asosan, 2025-yil 1-iyulgacha “Tadbirkor ayollar” platformasi ishga tushadi. Ushbu platforma ayollarga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda bir qator qulayliklarni yaratadi. Xususan, xomashyo sotib olishga koʻmaklashish, mahsulotlarni bozorga olib chiqish, kooperatsiya imkoniyatlarini kengaytirish, zarur mutaxassislarni izlash va ishga qabul qilish hamda loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarga yechim topishga koʻmaklashish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2025-yil 1-maydan boshlab “Hamkor tadbirkor” dasturi ham taqdim etilishi koʼzda tutilmoqda. Bu dastur orqali oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan ayollarga tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga yordam beriladi.
Shuningdek, kooperatsiya asosida ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, mahalliy va xalqaro elektron platformalarda mahsulotlarini joylashtirish va sotish boʻyicha imkoniyatlar yaratiladi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-avgustga qadar ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan moliyaviy xizmatlar koʻrsatish strategiyasi tasdiqlanishi belgilangan. Ushbu strategiya orqali tadbirkor ayollarga moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi va kredit olish shartlari yaxshilanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring