Surxondaryoda 1 ming 337 ta noturar obyektga taqiq qoʻyildi
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, vohadagi 11 ming 416 ta yuridik shaxsning oʻz vaqtida toʻlanmagan soliq qarzdorligi 115 milliard soʻmni tashkil etmoqda. Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 114‑moddasiga muvofiq soliq qarzdorligi mavjud yuridik shaxslarning mol-mulkiga nisbatan mulk huquqini cheklashga doir harakatlar olib borilmoqda.
Oktabr oyining birinchi yarmida 126 ta yuridik tashkilotning 28,4 milliard soʻmlik soliq qarzdorligi yuzasidan 461 ta transport vositalaridan foydalanish va sotishga taʼqiq qoʻyish boʻyicha qarorlari Davlat avtomobil nazorati boshqarmasiga yuborildi. Davlat kadastr idoralari orqali 320 ta yuridik tashkilotning 81,8 milliard soʻmlik soliq qarzdorligi yuzasidan 1 ming 337 ta noturar obyektiga taʼqiq qoʻyildi.
Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida 446 ta soliq qarzi mavjud korxonalarning 56 tasi tomonidan 2 milliard 41 million 300 ming soʻmlik soliq qarzdorliklari undirildi
Xususan, Termiz shahridagi “Erkin Termiz Baraka” masʼuliyati cheklangan jamiyati mansabdorlari “EQUINOX AT” rusumli avtomashinasi xatlangandan soʻng, mavjud 32,5 million soʻmlik soliq qarzdorligini toʻlab berdi. Xuddi shunday, “Maks Jasurbek” xususiy korxonasi masʼullari ham egaligidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi xatlangandan keyingina 410 million soʻmlik soliq qarzi toʻlandi.
Maʼlumot oʻrnida. Soliq toʻlovchi soliq qarzini bu toʻgʻrida talabnoma yuborilgan kundan boshlab oʻn besh kalendar kuni ichida uzmasa, mol-mulkini xatlanadi.
Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring