Suriyaning yangi konstitutsiyasi islomiy boʻladimi?

15:50 12 Dekabr 2024 Dunyo
368 0

Suriya isyonchilari yetakchisi Muhammad al-Joʻlaniy chorshanba kuni “Reuters” agentligiga yozma bayonot berib, agʻdarilgan Bashar Asad rejimining xavfsizlik kuchlarini tarqatib yuborishini aytgan.

“Oldingi rejimning xavfsizlik kuchlari tarqatib yuboriladi va mashhur qamoqxonalar yopiladi”, — degan Asl ismi Ahmad Al-Shara boʻlgan Joʻlaniy.

Suriya isyonchilariga aloqador hukumat rahbari, mamlakat bosh vaziri etib tayinlangan Muhammad Al-Bashir Italiya matbuotiga muvaqqat hukumat martgacha qolishini maʼlum qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, ularning maqsadi xavfsizlik va davlat hokimiyatini tiklash, millionlab suriyalik qochqinlarni uylariga qaytarish hamda zarur xizmatlarni taqdim etishdir.

Suriyaning yangi konstitutsiyasi islomiy boʻladimi yoʻqmi degan savolga u konstitutsiya ishlab chiqish jarayonida oydinlik kiritilishini aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер