Suratingiz tarqalishiga rozimisiz?
Foto: www.google.com
Koʻchada ketayotganingizda Sizni televideniye uchun tasvirga olishyapti yoki qaysidir suratingiz yo videotasviringiz internetda tarqatilmoqda. Agar Sizga bu yoqmasa “Nega mendan soʻrashmadi?”, “Endi nima qilaman?” degan haqli savollar paydo boʻladi. Bunday holatlarga koʻplab duch kelamiz. Xoʻsh buning yechimi qanday?
Adliya vazirligining fikricha fuqaroning oʻz tasviriga boʻlgan huquqini himoya qilish mexanizmlari qonunchilikda toʻliq aks ettirilmagan. Shu sababli, vazirlik Fuqarolik kodeksiga qoʻshimcha kiritishni taklif etmoqda.
Taklif etilayotgan Qonun loyihasida, fuqaroni tasvirga tushirish va undan foydalanishdan oldin qanday holatlarda roziligi olinishi yoki olinmasligi aniq belgilab qoʻyilmoqda.
Xususan, loyihaga koʻra umumiy holatlarda fuqaroning tasvirini (foto, video, sanʼat asari koʻrinishida) boshqa shaxslar tushirishi va undan foydalanishidan oldin roziligini (yozma, ogʻzaki yoki harakat bilan) olishi lozim. Agar bunday rozilik olinmaganda, fuqaro tasvirini oʻchirib tashlashni talab qilish hamda yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyonni fuqarolik sudi orqali undirish huquqiga ega boʻlishi belgilanmoqda.
Shuningdek, bedarak yoʻqolgan yoki jinoyat sodir etgan shaxsni qidiruvga berishda, davlat chegarasi va qoʻriqlanadigan hududlardan oʻtish va yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etishda, doimiy kuzatuv joylarida (metro, xiyobon, binolar va boshqa) xavfsizlik, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning manfaatini himoya qilish kabi maqsadlarda tasvirga tushirish va undan foydalanish uchun fuqaroning roziligi talab qilinmasligi nazarda tutilmoqda.
Ayrim toifadagi shaxslarni, xususan, davlat xizmatchilarini xizmat vazifasi oʻtash paytida, davlat va jamoat arboblari hamda ilm-fan, sport, madaniyat va boshqa sohalarda taniqli shaxslarning tasviridan jamiyat uchun qiziqish uygʻotadigan axborotlarni tarqatish maqsadida foydalanilganda ham egasining roziligi olinmasligi taklif etilmoqda.
Kiritilayotgan oʻzgarishlar fuqaroning shaʼnini kamsitadigan, obroʻsiga putur yetkazadigan, shaxsiy hayoti bilan bogʻliq voqealarni oʻz ichiga olgan tasvirlarini tarqatishga asos boʻlmaydi. Bunday harakatlar taqiqlangan boʻlib, ular uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
Qonun loyihasining toʻliq matni bilan “regulation.gov.uz”da tanishishingiz va fikr bildirishingiz mumkin.
Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring