Superliga: Klublar ikkinchi davra oldidan 69 nafar legionerni roʻyxatdan oʻtkazdi
Oʻzbekiston Superligasida yozgi transferlar oynasi yopildi. Ushbu davr mobaynida Superliga klublari jami 20 nafar xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Shu tariqa chempionatdagi legionerlar soni 69 nafarga yetdi. Quyida ushbu futbolchilarni fuqaroligi, yoshi, pozitsiyalari va transfer narxlariga koʻra tasniflaymiz.
Legionerlarning fuqaroligi
Superliga klublari bilan shartnoma imzolagan 69 nafar futbolchi jami 20 ta mamlakatdan yurtimizga keldi.
Eng koʻp legioner futbolchilar Serbiya mamlakatidan Superligaga qoʻshilgan. Keyingi oʻrinlarda esa Braziliya, Gruziya, Nigeriya kabi mamlakatlar keltirilgan. Toʻliq roʻyxat quyidagicha:
Serbiya – 11 nafar;
Braziliya – 8 nafar;
Gruziya – 7 nafar;
Nigeriya – 6 nafar;
Chernogoriya – 5 nafar;
Ukraina – 4 nafar;
Rossiya – 4 nafar;
Xorvatiya – 4 nafar;
Tojikiston – 4 nafar;
Yaponiya – 3 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi – 2 nafar;
Albaniya – 2 nafar;
Iroq – 2 nafar;
Kosovo – 2 nafar;
Liberiya – 1 nafar;
Polsha – 1 nafar;
Kolumbiya – 1 nafar;
Shimoliy Makedoniya – 1 nafar;
Bosniya – 1 nafar;
Janubiy Sudan – 1 nafar;
Legionerlarning pozitsiyasi va yoshlari
Legioner futbolchilarning yoshlariga ahamiyat qaratsak, ularning koʻpchiligi 25–30 yosh atrofida ekanini koʻrish mumkin:
18–25 yosh: 11 nafar futbolchi
25–30 yosh: 31 nafar futbolchi
30+ yosh: 27 nafar futbolchi
Pozitsiyalar kesimida esa hujumchilar ustunlik qilmoqda:
Darvozabon – 5 nafar;
Himoyachi – 21 nafar;
Yarim himoyachi – 20 nafar;
Hujumchi – 23 nafar;
Transfer narxlari va eng qimmat futbolchilar
“Transfermarkt” portalining maʼlumotlariga koʻra, Superligadagi legionerlarning umumiy transfer summasi 19 million 475 ming yevroni tashkil etmoqda. Bu butun chempionatdagi umumiy transferlar qiymatining 22,1 foiz qismini tashkil qiladi.
Eng qimmat 5 legioner futbolchi:
1. Lyupche Doriyev (“Soʻgʻdiyona”) – 1,2 million yevro
2. Bashar Resan (“Paxtakor”) – 700 ming yevro
3. Vladimir Yovovich (“Neftchi”) – 600 ming yevro
4. Joel Kojo (“Neftchi”) – 600 ming yevro
5. Zoir Joʻraboyev (“Soʻgʻdiyona”) – 600 ming yevro
Legioner futbolchilar haqida qiziqarli maʼlumotlar
Legioner futbolchilardan Zoir Joʻraboyev, Shahram Samiyev, Joel Kojo, Erjan Tokotayev, Ajak Riak, Bashar Resan va Zaid Tahsin oʻz mamlakatining milliy terma jamoasi aʼzolari hisoblanadilar;
“Neftchi” jamoasi bilan shartnoma imzolagan Silvanus Nimeli Oʻzbekistonda faoliyat olib boradigan birinchi liberiyalik futbolchi boʻlgan;
“Mashʼal” klubi safiga kelib qoʻshilgan Umar Aminu 2016-yil Nigeriya U-23 terma jamoasi bilan olimpiyada oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan;
“Neftchi”, “Bunyodkor”, “Dinamo”, “Nasaf” va “Buxoro” klublari legionerlar limitidan toʻliq foydalandi. Yaʼni 6 tadan xorijlik futbolchini Liga roʻyxatidan oʻtkazdi. “Shoʻrtan“ klubi esa birorta xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzolamadi.
Mazkur havolada oʻtgan bir oy vaqt davomida klublar tarkibida yuz bergan oʻzgarishlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Muhammadamin Zuhriddinov tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring