Sud Istanbul hokimi Akrom Imomoʻgʻlini qamoqqa olishga qaror qildi

Istanbul shahar hokimiyatiga qarshi olib borilgan “korrupsiya va terror” tergovida hibsga olish talabi bilan jinoiy sudga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Akrom Imomoʻgʻli hibsga olindi, deb xabar bermoqda “CNN Turk” nashri.
Maʼlum qilinishicha, Istanbul prokuraturasi tomonidan Akrom Imomoʻgʻli va 99 gumonlanuvchiga nisbatan “jinoiy tashkilot yetakchisi boʻlish”, “jinoiy tashkilotga aʼzo boʻlish”, “tovlamachilik”, “pora olish”, “ogʻirlashtirilgan firibgarlik” hamda “tenderni soxtalashtirish” kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Anqara hokimi, Imomoʻgʻlining partiyadoshi Mansur Yavash vaziyatga munosabat bildirar ekan, bu qaror Turkiya sud tizimi uchun sharmandalik ekanligini taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Istanbul universiteti Akrom Imomoʻgʻlining diplomini bekor qilgan edi. Shu sababli siyosatchi prezidentlikka nomzodini qoʻya olmaydi. U amaldagi prezident Erdogʻanning asosiy raqibi sifatida tanilgan.
“Biz buyuk zulmga duch keldik. Ammo men taslim boʻlmasligimni bilishingizni istayman. Men barchangizni juda yaxshi koʻraman, millatga ishonaman”, — degandi Imomoʻgʻli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring