Stikerlar almashtirilmaydi
Ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy guruhlar hamda keng jamoatchilikda Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan stikerlar mashina sotilganda, nosoz yoki yaroqsiz holga kelib qolganda almashtirib beriladimi, degan savollar koʻpaymoqda.
Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
Mashinalar harakatlanishi uchun DXMlar tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qoʻllanilib kelinmoqda.
Stikerlar berish xizmati Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 30-martdagi 13-son yigʻilish Bayoni bilan tasdiqlangan tegishli vaqtinchalik tartibga asosan amalga oshirilgan.
Mazkur tartibda maxsus ruxsatnoma berilgan mashinalar oʻzgarishi munosabati bilan ularni qayta rasmiylashtirish nazarda tutilmagan.
Bundan tashqari, Davlat xizmatlari markazlari orqali avtotransport vositalariga stikerlar berish 2020-yil 9-apreldan toʻxtatilgan.
Maʼlumot uchun, har bir stiker gologrammalar bilan birgalikda my.gov.uz portali orqali alohida unikal raqam bilan rasmiylashtirilgan. Unga kiritilgan maʼlumotlarga hozirda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan oʻzgartirish kiritishning texnik imkoniyati mavjud emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring