Sportsevar yoshlarga qulaylik yaratildi
Ayni kunda Kogon tumanida istiqomat qiluvchi 27 nafar oʻgʻil – qiz sportning turli yoʻnalishlarida mamlakat terma jamoasi aʼzosi sanaladi. Osiyo, xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalar gʻoliblari safida kogonliklarni koʻrish yaxshi anʼanaga aylangan.
Kuni kecha ularga ergashib, oʻz iqtidori, salohiyatini yuzaga chiqarishga ahd qilgan yoshlar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Sport yakkakurashlariga ixtisoslashgan zamonaviy zal qurilib foydalanishga topshirildi. 1,5 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga barpo qilingan inshootdan 600 million soʻmlik zarur jihozlar ham oʻrin oldi. Bu yerda bir kunda 200 nafargacha sportchi yunon – rum, erkin va milliy kurash bilan shugʻullanishi mumkin.

-Yoshlarni har tomonlama chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatlarini toʻliq namoyon etishlariga koʻmaklashish yurtimizda tatbiq qilinayotgan 5 ta muhim tashabbusning biridir,- deydi Buxoro viloyat sport boshqarmasi boshligʻi Oʻtkir Najmiddinov.- Yakun topgan 2025-yilning oʻzida viloyatimizda 30 dan ziyod inshoot qurilgani ham sportsevar yoshlar har tomonlama qoʻllab – quvvatlayotganini koʻrsatadi.

Eʼtiborlisi, bunday inshootlar soni kuni kecha yana bittaga koʻpaydi.Buxoro shahridagi 2- son sport maktabida ham 1 milliard 850 million soʻm evaziga qurilgan zamonaviy dzyudo zali foydalanishga topshirildi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring