Soliq keshbekdan avgust oyida 79,8 million marta foydalanildi
Soliq ilovasidan oʻtgan oyda deyarli 80 millionga yaqin cheklar oʻtkazildi. Bu haqda “Fiskal tahlillar” portali maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 1-sentyabr holatiga Soliq mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni 8 millionga yaqinlashgan. Ushbu foydalanuvchilar avgust oyida mobil ilova xizmatlaridan qariyb 79,8 million marta foydalanilgan.
Soliq ilovasida yangi xizmatlar ham paydo boʻlgan boʻlib, bu ilovaning mashhurligini oshirgan. Xususan, “Elektron kalitga toʻlov”, “Fiskal modulga toʻlov” va “YTT soliqlarini toʻlash” kabi xizmatlar ishlay boshladi.
Eng ommabop xizmatlar sifatida esa “Xaridlar uchun keshbek” qayd etilgan. Shuningdek, “Ijara shartnomalarini roʻyxatga olish”, “Oʻzini oʻzi band qilish”, “Soliqlarni toʻlash”, “Soliq hamkor” kabi xizmatlar ham ommabop servis turi sifatida keng tarqalgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Toshkentda Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan matbuot anjumani oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring