Sobiq kuch ishlatar tizim vakili Yaponiyaning yangi bosh vaziri boʻldi
Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (LDP) yangi rahbari Sigeru Isiba Vakillar palatasi tomonidan mamlakat bosh vaziri etib saylandi. Bu haqda “Kyodo” axborot agentligi xabar berdi.
Sigeru Isiba 2007-2008-yillarda Yaponiya mudofaa vaziri boʻlib ishlagan va bu davrda mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga eʼtibor qaratgan. Uning faoliyati Yaponiyaning ittifoqchilar, xususan, Qoʻshma Shtatlar bilan harbiy hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlar bilan ajralib turardi.
Sigeru Isiba sobiq bosh vazir Fumio Kisida oʻrnini egalladi va Yaponiyaning zaiflashgan iqtisodiyot va xavfsizlik tizimlari bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga masʼul boʻladi. Yangi hukumat rahbari tez orada oʻz kabinetini shakllantirish uchun saylov oʻtkazishi kutilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Isibaning saylovlarni qisqa fursatda oʻtkazish qarori muxolifat partiyalarining tanqidiga sabab boʻlgan. Ularning taʼkidlashicha, saylovni rasman bosh vazir boʻlmasdan oldin eʼlon qilish “hurmatsizlik” va “konstitutsiyaga zid” qaror boʻlgan.
Xabarlarga koʻra, yangi Bosh vazir quyi palatani 9-oktyabr kuni tarqatib yuborishi kutilmoqda. Bu uning asosiy muammolar bilan kurashishdagi asosiy vazifalardan biri sifatida qayd etilgan.
Manbalar Mudofaa vazirligini general Nakatani, Tashqi ishlar vazirligini esa sobiq mudofaa vaziri Takesi Ivaya, Vazirlar Mahkamasining sobiq bosh kotibi Katsunobu Kato Moliya vaziri boʻlishini taxmin qilishmoqda.
Isiba, shuningdek, qoʻshni davlatlar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali Yaponiya mudofaasiga ustuvor ahamiyat berishi taxmin qilingan. Xususan, u Xitoy va Tayvan oʻrtasida keskinlik kuchaygan bir paytda, NATOga oʻxshash kollektiv xavfsizlik guruhini yaratishni taklif qilgandi.
Avvalroq, soliq toʻlovchilar 8 oyda 16 trillion soʻm soliq imtiyozlaridan foydalangani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring