Sifatli mediamakon — milliy kontentning muhim manbai
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda Toshkent viloyat hokimligi tomonidan Nurafshon shahrida “Ommaviy axborot vositalarida milliy kontent yaratish masʼuliyati” mavzuida medioforum oʻtkazildi.
Unda mamlakatimizdagi yetakchi nashrlar bosh muharrirlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ijod qilayotgan yozuvchi hamda jurnalistlar ishtirok etishdi. Maʼlumki, Prezidentimiz joriy yil 13-yanvar kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashi yigʻilishida soʻzlagan nutqida “Agar biz Oʻzbekiston axborot makonida milliy kontent yaratishni oʻz qoʻlimizga olmas ekanmiz, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtayi nazaridan baho bermas ekanmiz, bu ishlar xorijdan turib amalga oshirilishiga imkon yaratib bergan boʻlamiz. Chunki odamlardagi yangilik, tahliliy maʼlumotlar, real voqealarga boʻlgan ehtiyojni biz toʻldirmas ekanmiz, buni boshqalar qiladi. Bunga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi” degan fikrlarni bildirgan edi.

Medioforumda mamlakatimiz hayoti uchun juda muhim boʻlgan milliy kontent yaratish haqida maʼruzalar oʻqildi. Ularda kontent oʻz-oʻzini ifoda etish, tarqatish, marketing va nashr etish uchun nutq, yozuv, har xil sanʼat turlari kabi biror-bir vosita orqali ifodalanadigan axborot ekani haqida batafsil fikr yuritishdi.
Xorijda yurtimiz haqida tarqatilayotgan tajovuzkor gʻoyalarga axborot, maqola, turli asarlar bilan javob qaytarish muhim ekanligi bayon etilib, buning uchun Oʻzbekistonda shunga xos mediamakon yaratish zarurligi qayd etildi.
Ishtirokchilar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi, “Nurafshon biznes city” direksiyasi, Zulfiya Zokirova memorial majmuasida boʻlishdi. Nurafshon shahridagi “Media xodimlari va ijodkorlar bogʻi”da oʻzaro suhbat va madaniy tadbirlar oʻtkazildi.

























Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring