“Shovdor” kanali tozalanib, ekologiya yaxshilanmoqda
Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri hududidan oʻtuvchi “Shovdor” kanalining umumiy uzunligi 21 kilometrni tashkil etadi.
Keyingi paytlarda mazkur kanal ancha sayozlashib, tozalanmasdan kelinayotgan edi. Samarqand tumani hokimi tashabbusi bilan hududdan oʻtuvchi kanalning 8 kilometr qismida oʻzanni tozalash ishlari olib borildi. Hasharga tumandagi oʻnlab korxona-tashkilot va mahallalar faollari bilan bir qatorda 20 ga yaqin maxsus texnika jalb qilindi.

Shu oʻrinda aytish kerakki, 1947-yilda ishga tushirilgan mazkur kanalda 47 ta gidrotexnik inshootlar qurilgan boʻlib, uning 13 kilometri Toyloq, 8 kilometri Samarqand tumani hududi orqali oʻtadi. “Shovdor” dan ajralib chiqqan uchta ariq esa Samarqand shahri aholisi hamda sugʻoriladigan hududlarni suv bilan taʼminlaydi. Kanal orqali 5680 gektar yer maydonida joylashgan 78 ta fermer xoʻjaligi dalalari, shuningdek, 50 dan ortiq mahalla aholisining tomorqasi suv ichadi.

Olib borilayotgan mazkur ishlar samarasida kanal oʻzanida toʻplanib qolgan loyqa, oʻt-oʻlan va boshqa toʻsiqlar bartaraf etilib, inshootning suv oʻtkazish qobiliyati yaxshilanmoqda. Aholi va qishloq xoʻjaligi yerlarini vegetatsiya mavsumida kafolatli suv bilan taʼminlash boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring