Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi

11:05 18 Mart 2026 Jamiyat
131 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 18-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ikki kunlik safar davomida joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish, yangilarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Prezident Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер