Shahzoda Charlzda koronavirus aniqlandi
Foto: www.google.com
Britaniya taxtining vorisi 71 yoshli shahzoda Charlz koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda 25-mart kuni Sky News telekanali Klarens Xaus qirollik oilasi aʼzolarining yashash joyidan kelgan xabarga asoslanib xabar berdi.
“Shahzoda Charlzda uning yengil simptomlari bor, ammo umuman olganda, uning sogʻligʻi yaxshi va soʻnggi bir necha kun davomida odatdagidek uydan chiqib ishladi”, deyiladi xabarda.
Charlzning rafiqasi, Kornuoll gersoginyasi, Kamila ham koronavirus uchun tekshiruvdan oʻtdi va bu salbiy natijani berdi. Hukumat va shifokorlar tomonidan tavsiya etilganidek, shahzoda va gersoginya Shotlandiyadagi oʻz uyida izolyatsiya qilingan.
Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda koronavirus boʻyicha 190 dan ortiq mamlakatlarda bemorlarga tashxis qoʻyildi. 11-mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus pandemiyasini eʼlon qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 25-mart kuni dunyoda 440 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, 19.5 mingdan ortiq bemor vafot etgan, 110 mingdan oshigʻi davolangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring