Shahram Gʻiyosov Toshkentda jang oʻtkazadi
Oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jang sanasi maʼlum boʻldi. U Toshkent shahrida ringga koʻtariladi. Bu haqda sportchining oʻzi Instagramʼdagi sahifasida eʼlon qildi.
Unga koʻra, joriy yilning 14-noyabr kuni poytaxtdagi “Humo Arena” sport majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda Gʻiyosovdan tashqari Lazizbek Mullajonov, Aʼloxon Abdullayev kabi oʻzbekistonlik tajribali bokschilar ham jang qilishi kutilmoqda.

“Xudo xohlasa, 14-noyabr kuni hammani “Humo Arena”da kutamiz. Asosiy kardda oʻzim boʻlaman. Yaqin orada raqib ham eʼlon qilinadi. Toʻsatdan chiqdi, oʻylanmay rozi boʻldim”, degan bokschi.
Maʼlumot uchun, Shahram Gʻiyosov hozirga qadar prof ringda 17 ta jang oʻtkazib, ularning barchasida gʻalaba qozongan. U oʻzining 10 ta jangini raqiblarini nokaut yoki texnik nokaut qilish orqali muddatidan oldin yakunlagan.
Gʻiyosov soʻnggi jangini argentinalik Franko Okampoga qarshi oʻtkazib, 4-raundda raqibini nokautga uchratgandi. Bu gʻalaba hamyurtimizning nufuzli World Boxing Association (WBA) roʻyxatidagi oʻrnini mustahkamladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring